Savollar
Ko'p beriladigan savollar
Instagram akkauntim bloklanib qolmaydimi?
Yo'q. Xizmat Meta'ning rasmiy Graph API'si orqali ishlaydi — parolingiz so'ralmaydi va Instagram qoidalariga to'liq mos.
Qaysi akkaunt turi kerak?
Instagram Business yoki Creator (professional) akkaunt. Shaxsiy akkauntni sozlamalardan bir daqiqada professional qilish mumkin.
AI noto'g'ri javob bersa-chi?
AI faqat siz kiritgan ma'lumotlar asosida javob beradi. Bilmagan savolni operatorga o'tkazadi, siz esa suhbatga istalgan vaqtda qo'shilasiz.
Meta qoidalari bo'yicha qanday cheklov bor?
Direct'da mijoz oxirgi marta yozganidan keyin 24 soat ichida erkin javob berish mumkin, kommentga shaxsiy javob — 7 kun ichida.
To'lov qanday amalga oshiriladi?
Payme yoki Click orqali — UzCard, Humo, Visa va MasterCard bilan. To'lovdan so'ng obuna avtomatik faollashadi.
Sinovdan keyin nima bo'ladi?
Tarifni tanlamasangiz, avtomatik javoblar to'xtaydi, lekin sozlamalar va ma'lumotlar saqlanib qoladi.